Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU professor-o‘qituvchilari xalqaro anjumanda

03.12.2021, 21:49 Yangiliklar 1458

2021-yil 3-dekabr kuni Bishkek shahrida “Masofaviy ta’lim davrida Markaziy Osiyo universitelari koreyashunos professor-oʻqituvchilari malakasini oshirish va qayta tayyorlash” 9-anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda TDSHU Koreys filologiyasi kafedrasi mudiri f.f.d., professor U.T.Saydazimova “O‘zbekiston-Koreya: ta’lim sohasidagi hamkorlikning bugungi kundagi holati va istiqbollari” mavzusidagi ma’ruzasi bilan, yosh mutaxassislar M.Qutbiddinova “Parhe arxeologik qazilmalarida topilgan Xomusni o‘rganish”, N.Mirhamidova o‘zining  “Koreya tarixida G‘arb davlatlari tushunchasi” mavzusidagi  ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

2

Koreya tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti kafedrasi tadqiqotchisi Cho So Young esa  anjuman doirasida o‘tkazilgan baxs va munozarada qatnashdi.

TDSHU Matbuot xizmati