Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU professor-o‘qituvchilari xitoy tiliga iхtisoslashtirilgan o‘rta maktabda

22.12.2021, 15:43 Yangiliklar 2153

Bugun, 22-dekabr kuni Toshkent shahrining Shayxontur tumanida joylashgan 59-sonli xitoy tiliga iхtisoslashtirilgan o‘rta maktabda TDSHU “Xitoy filologiyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda maktablarning 5-sinf o‘quvchilari uchun xitoy tili darsligini yaratish bo‘yicha ish jarayoni bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Yig‘ilishda maktab direktori F.Shamsiev, “Xitoy filologiyasi” kafedrasi mudiri S. Nazarova, maktab o‘qituvchisi Z. Ro‘zbakieva va kafedra o‘qituvchisi D. Badalboyevlar qatnashdilar.

TDSHU Matbuot xizmati