Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU professorining Senat Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasining kengaytirilgan majlisidagi ishtiroki

13.11.2021, 00:44 Yangiliklar 579

2021-yil 12-noyabr kuni Senat Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi.

1

Uchrashuv davomida Oliy Majlis palatalarining joriy yil 6-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan keyingi besh yildagi ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, Qo‘mita oldida turgan vazifalar muhokama qilindi. Majlis yakunlari bo‘yicha, yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha ustuvor chora-tadbirlar belgilab olindi.

Majlisda TDSHU professori Nazokat Qosimova ishtirok etib, xalqaro aloqalar rakursida parlamentar diplomatiya va tahliliy markazlarning ahamiyati borasida so‘z yuritdi.

TDSHU Matbuot xizmati

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: