Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU rektori ijarada istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar oldi

19.05.2026, 20:24 Yangiliklar 355

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori talabalar uchun yaratilayotgan yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish maqsadida ijarada istiqomat qilayotgan talabalar xonadoniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning yashash sharoiti, o‘qish jarayoni hamda muammolari tinglandi. Talabalar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.