Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU rektori, professor S.A. Nasirova nomiga Eron Islom Respublikasining eng nufuzli oliy taʼlim muassasalari rahbariyatidan rasmiy hamkorlik xatlari keldi

02.11.2026, 11:05 Yangiliklar 36

Tehron universiteti rektori, professor Husayn Omid hamda Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Said Hamza, shuningdek, Alloma Tabataboiy universiteti rektori Shoja Ahmadvand janoblari oʻz rasmiy murojaatlarida TDShU bilan ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlashga katta qiziqish bildirganlar.
Eronlik hamkorlar tomonidan yoʻllangan ushbu rasmiy xatlarda istiqboldagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha quyidagi muhim yoʻnalishlar taklif etilgan:
-Akademik mobillik ya’ni, talabalar, doktorantlar va professor-oʻqituvchilar almashinuvini faollashtirish;
-Sharqshunoslik, tilshunoslik, tarix va madaniyat yoʻnalishlarida qoʻshma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
-Dolzarb mavzularda hamkorlikda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, simpozium va seminarlar tashkil etish.
TDShU xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirish va taʼlim sifatini oshirish yoʻlida xorijiy sheriklar bilan mazkur takliflarni hayotga tadbiq etish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni boshlab yubordi. Bu kabi aloqalar ikki mamlakat oʻrtasidagi ilmiy va madaniy koʻpriklarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Allameh Tabataba’i university

University of Tehran

University of Tehran.