Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU rektori yoshlar bilan uchrashdi, 2026-2027 o‘quv yilidagi loyihalar va rejalar muhokama qilindi

02.11.2026, 17:49 Yangiliklar 41

2026-yil 2-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, professor S.A. Nasirova universitet Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti vakillari, klublar yetakchilari va faol talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad 2026-2027-o‘quv yili uchun mo‘ljallangan yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishish hamda Yoshlar ittifoqi huzurida faoliyat yuritayotgan klublar ishini yanada takomillashtirishdan iborat bo‘ldi.

Muloqot davomida klublar va koordinatorlar faoliyati bo’yicha tashkilotning universitet yetakchisi M.Sobitov talabalarning iqtidorini yuzaga chiqarish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi yangi tashabbuslar yuzasidan taqdimotini namoyish etdi. Professor S.A. Nasirova har bir loyihani atroflicha o‘rganib chiqib, yoshlarning kreativ g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi va ularni hayotga tatbiq etish bo‘yicha o‘zining qimmatli tavsiyalarini berdi. Rektor yoshlar yetakchilariga sinxron tarjimonlik va sun’iy intellekt bo’yicha alohida loyihalarni kuchaytirish, loyihalarda ishtirok etuvchi yoshlar qamrovini oshirish lozimligini ta’kidladi.

Samimiy va interaktiv ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan rektorga murojaat qilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri javoblar oldilar. Bu kabi muloqotlar universitet yoshlarining ijtimoiy faolligini oshirish va yangi marralarni zabt etishlarida muhim turtki bo‘lib xizmat qiladi.