Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU rektorining bayram tabrigi

01.09.2023, 11:24 E'lonlar 801

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektorining bayram tabrigi!

Aziz yurtdoshlar! Qadrli sharqshunos ustoz va talabalar!

Sizlarni bugungi shukuhli bayram – Vatanimiz O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi – Istiqlolimizning qutlug’ o’ttiz ikki yillik bayrami bilan chin qalbimdan samimiy qutlayman.

O‘tgan o‘ttiz ikki yil tarix ummonida juda qisqa fursat, lekin bu davr mobaynida, xususan so‘nggi yillarda mamlakatimizda ko‘plab islohotlar hamda bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Ayniqsa, oliy ta‘lim sohasiga qaratilayotgan e‘tibor, biz sharqshunoslarni ham yanada ko‘proq izlanishga, etuklik sari intilishga chorlaydi.

Aziz Vatanimizning porloq istiqboli,  farzandlarimizning ertangi kuni, musaffo osmonimiz tinchligi yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilishdan hech qachon tolmaylik, charchamaylik!

Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!

RIXSIYEVA GULCHEHRA SHAVKATOVNA