Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU rektorining magistrantlar bilan uchrashuvi

03.12.2021, 20:45 Yangiliklar 1298

2021-yil 2-dekabr kuni TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyevaning  2021-2022 o‘quv yilida magistratura bosqichiga o‘qishga qabul qilingan magistrantlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda bo‘lajak magistrlardan professional sifatida kutilayotgan natijalar, ilmiy tadqiqotlarning olib borilishi, magistrlik dissertasiyalari mavzularini shakllantirish, kredit-modul tizimida ta’lim olishning afzalliklari, ta’lim sohasida halqaro miqyosda amalga oshirilayotgan hamkorlik aloqalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shu bilan birga, o‘quv jarayonini shaffofligini ta’minlash va ta’lim  sifatini oshirish, bu borada korrupsion holatlarga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik uchun “HEMIS”-elektron platformasi joriy qilinganligi tushuntirildi.

Magistrantlar ham ta’lim sifatini yaxshilash borasida o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi, savollar bilan murojaat qilishdi.

TDSHU Matbuot xizmati