Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU talabalari Malayziyaning yetakchi xalqaro universitetida amaliyotni muvaffaqiyatli yakunladi

23.07.2026, 15:14 Yangiliklar 106

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalarni xalqaro ta’lim makoniga integratsiya qilish va ularni xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis sifatida tayyorlash borasidagi ishlarini izchil davom ettirmoqda.
Ushbu yo’nalishdagi navbatdagi natija sifatida universitetimizning 8 nafar iqtidorli talabasi xalqaro akademik mobillik dasturi doirasida Malayziyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri – INTI International Universityda amaliyot o’tash imkoniyatiga ega bo’ldi.

Amaliyot davomida talabalarimiz:
▪️ xalqaro ta’lim standartlari asosidagi amaliy mashg’ulotlarda ishtirok etib, o’z sohalaridagi zamonaviy yondashuv va metodologiyalar bilan tanishdi;
▪️ nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llash va xalqaro muhitda muloqot yuritish ko’nikmalarini mustahkamladi;
▪️ xorijiy professor-o’qituvchilar hamda turli mamlakatlardan kelgan talabalar bilan tajriba almashdi.
Talabalarimiz amaliyot davomida yuqori bilim darajasi, intizomi va mas’uliyatini namoyon etib, dastur talablarini muvaffaqiyatli bajardilar. Ularning faol ishtiroki universitetimizning xalqaro nufuzini yanada mustahkamlashga munosib hissa bo’ldi.

TDSHU jamoasi nomidan barcha talabalarimizni tabriklaymiz va kelgusi faoliyatlarida yangi yutuq hamda marralar tilaymiz!