Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU talabasi “Erasmus+” dasturi asosida Lion shahridagi Groupe-IGS ning xalqaro bo‘limida amaliyot o‘tadi.

13.08.2022, 14:54 Yangiliklar 1066

Koreyashunoslik fakulteti “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Quchqorov Madaminbek 2022-yilning 1-iyunidan 31-iyuliga qadar Yevropa Ittifoqining “Erasmus+” dasturi asosida Lion shahridagi Groupe-IGS ning xalqaro bo‘limida amaliyot o‘tadi. Groupe IGS Assotsiatsiyasi menejment va inson resurslari, savdo, marketing, rivojlanish, hizmat ko‘rsatish, axborot texnologiyalari, jurnalistika,  kino-TV-video-audio ishlab chiqarish va boshqa sohalarda talabalarga ta’lim beruvchi turli universitetlar guruhini o‘z ichiga oladi. Amaliyot davomida jarayonlar ingliz tilida o‘tkazildi va talabamiz u yerda parallel ravishda fransuz tilini ham o‘zlashtirdi. Quchqorov Madaminbek  Groupe-IGS da amaliyot o‘tash jarayonida ko‘plab bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirib, mamlakatimiz ta’lim tizimini yanada yaxshilashga qaratilgan loyiha va yangi fikr-g‘oyalar bilan qaytganligini ta’kidladi. Bu yo‘lda esa biz, talabamizga ishonamiz va uning kelgusi ishlarida zafarlar tilaymiz.