TDSHU TALABASI “O‘ZBEK TILI — QALBIM TARJIMONI” XALQARO KO‘RIK-TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHIDA II O‘RINNI EGALLADI
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi Nozomi Matsushita (Nozima) “O‘zbek tili — qalbim tarjimoni” xalqaro ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ushbu yutuq talabaning o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishi, til o‘rganish borasidagi intilishi hamda o‘zbek xalqining boy tarixi, milliy qadriyatlari va madaniyatini chuqur o‘rganishga bo‘lgan e’tiborining yorqin ifodasidir. Mazkur tanlov o‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish, xorijlik yoshlarning davlat tilimizga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, shuningdek, o‘zbek xalqining milliy madaniyati va ma’naviy merosini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti jamoasi Nozomi Matsushitani (Nozima) ushbu muvaffaqiyati bilan samimiy tabriklaydi hamda kelgusidagi o‘qishlari va ilmiy-ijodiy faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi! Turkshunoslik oliy maktabi dotsenti Shirin Sadiqova va o‘qituvchi Go‘yo Nishonovalarni shogirdlari yutug‘i bilan tabriklaymiz!


