Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU TALABASI TANLOVDA BIRINCHI OʻRINNI QO‘LGA KIRITDI

09.10.2026, 15:30 Yangiliklar 68

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Koreyashunoslik oliy maktabi 4-kurs talabasi Ulashova Sevinch 9-oktabr — Koreys alifbosi kuni (한글날) munosabati bilan Toshkentdagi Sejong institutida uchinchi bor tashkil etilgan “제3회 서산로타리클럽 회장배 한글 백일장” — Seosan Rotary Club raisi kubogi uchun o‘tkazilgan respublika miqyosidagi insholar tanlovida faxrli 1-o‘rinni egalladi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, Ulashova Sevinchga Janubiy Koreyaga sayohat qilish imkoniyatini beruvchi maxsus mukofot ham topshirildi.

Universitet jamoasi Ulashova Sevinchni ushbu yuksak yutug‘i bilan samimiy muborakbod etib, kelgusidagi o‘qishida, ilmiy-ijodiy faoliyatida hamda xalqaro tanlovlarda yangi muvaffaqiyatlar tilaydi.