Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU tashabbusi bilan “Ogahiyni yod etib” adabiy kechasi o‘tkazildi

13.11.2021, 19:39 Yangiliklar 1557

Joriy yilning 13-noyabr kuni Adiblar hiyobonida TDSHU Koreyashunoslik fakulteti, Koreys filologiyasi kafedrasi mudiri Umida Saydazimova hamda Koreys filologiyasi yoʻnalishi 3-bosqich talabalari tashabbusi bilan “Ogahiyni yod etib” nomli adabiy kecha tashkil etildi.

1

Tadbirni fakultet dekani Shoira Usmanova Ogahiy va uning maʼnaviy merosimizda tutgan oʻrni xususidagi fikrlari bilan ochib berdi. Tadbir davomida talabalar tomonidan tarjima qilingan Ogahiyning gʻazal va ruboiylari yangradi. Fakultetning iqtidorli talabasi Utemuratova Nargiza tomonidan kuyga solingan Ogahiy gʻazali ijrosi esa yigʻilganlarda juda katta taassurot qoldirdi.

2 3 4

TDSHU Matbuot xizmati