Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU tayanch doktorantura, doktorantura, mustaqil izlanuvchilik va stajor-tadqiqotchilikka quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha qabul e’lon qiladi

07.09.2023, 16:39 E'lonlar 1341

 

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI

2024-yil uchun tayanch doktorantura, doktorantura, mustaqil izlanuvchilik va stajor-tadqiqotchilikka quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha qabul e’lon qiladi

 

TAYANCH DOKTORANTURA:

(ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish uchun)

 

07.00.03 Jahon tarixi 2 o‘rin
07.00.05 Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi 2 o‘rin
07.00.07 Etnografiya, etnologiya va antropologiya 1 o‘rin
07.00.08 Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari 2 o‘rin
08.00.01 Iqtisodiyot nazariyasi 1 o‘rin
08.00.09 Jahon iqtisodiyoti 3 o‘rin
09.00.03 Falsafa tarixi 1 o‘rin
10.00.05 Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti 10 o‘rin
10.00.06 Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik 10 o‘rin
10.00.10 Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik 2 o‘rin
23.00.02 Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar 3 o‘rin
23.00.04 Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari 3 o‘rin
DOKTORANTURA:
08.00.09 Jahon iqtisodiyoti 1 o‘rin
STAJOR-TADQIQOTCHI:
07.00.03 Jahon tarixi 1 o‘rin
07.00.08 Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari 1 o‘rin
08.00.09 Jahon iqtisodiyoti 1 o‘rin
23.00.04 Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari 1 o‘rin

 

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga talabgorlar hujjatlarni Phd.mininnovation.uz portali orqali taqdim etishlari lozim:

  • Ariza;
  • Ma’lumotnoma;
  • Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
  • Oliy ta’lim muassasasi magistratura diplomi, fan nomzodi (falsafa doktori) yoki magistr darajasi joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • Ilmiy jurnallarda va nashrlarda e’lon qilingan ilmiy maqolalar hamda tezislar nusxasi;
  • Yetakchi olimlardan birining uni ilmiy rahbar sifatida belgilash yuzasidan yozma roziligi (tadqiqot mavzusi ko‘rsatilgan holda);
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

 

Qabul imtihonlari ro‘yxati:

  • Mutaxassislik

Fanning tegishli yo‘nalishi bo‘yicha fan nomzodi (falsafa doktori) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan talabgor kirish imtihonlarini topshirishdan ozod qilinadi.

 

SHUNINGDEK, YUQORIDA ZIKR ETILGAN IXTISOSLIKLAR BO‘YICHA MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA (ISHLAB CHIQARISHDAN AJRALMAGAN HOLDA O‘QISH UCHUN) QABUL E’LON QILADI.

Hujjatlar 2023-yil 15sentabrdan 15oktabrgacha qabul qilinadi. 

Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 20-uy.

Ma’lumot uchun telefon: (8-371) 233-45-21