Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU TIKA hamkorligida o‘quv kurslarni joriy etmoqda

15.11.2021, 20:01 E'lonlar 2109

TDSHU Xalqaro hamkorlik bo‘limi Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining Toshkentdagi vakolatxonasi bilan birgalikda 29.11.2021-11.12.2021 oralig‘ida turk tilida tahsil olayotgan talaba va xodimlar uchun 40 soatlik “Biznes turk tili” kurslari o‘qitilishini ma’lum qiladi.

Mazkur kurslar TDSHUning rektorati binosida bo‘lib o‘tadi hamda tinglovchilar o‘quv kursi bo‘yicha quyidagi 4 guruhga ajratiladilar:

  1. Tibbiyot turizmi va turk tili.
  2. Turk tili ofis uchun va yozma turk tili.
  3. Biznes turk tili.
  4. Turizm va turk tili.

Har bir guruhda 20 nafargacha tinglovchi o‘qitiladi. Kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan nomzodlar 2022 -yilda Turkiyada qisqa muddatli amaliyot o‘tash imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.

Talabgorlar Turkshunoslik fakulteti dekanatiga joriy yilning 20-noyabriga qadar yozma murojaat etishlari mumkin. Murojaatda quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:

  1. F.I.Sh.
  2. Fakultet
  3. Kurs, ta’lim yo‘nalishi/mutaxassislik
  4. Tanlanayotgan o‘quv kursi (Guruh nomi ko‘rsatilishi lozim)

TDSHU Matbuot xizmati