Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU Times Higher Education Impact Ranking 2023 ning kuchli TOP-1000 dan oʼrin egalladi

01.06.2023, 20:05 Yangiliklar 1444

Oliy taʼlim tizimida universitetlarning sifatini oshirilishi, xalqaro maydonda raqobatbardoshligini taʼminlanishi, shuningdek, jahonning top universitetlari xalqaro reytingi qatoridan munosib o‘rin egallashi so’zsiz xalqaro reytinglardagi faol qatnashuvi bilan bevosita bog‘liq.

Hozirgi kunda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti jahondagi yirik xalqaro reytinglar, xususan, QS (Quacquarelli Symonds) va THE (The Times Higher Education) xalqaro reyting agentliklari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘ydi va universitet bo‘yicha Times Higher Education Impact Ranking, Times Higher Education World university Ranking, QS World University Ranking, Round University Ranking reyting agentliklari yo‘nalishlarida qatnashish uchun maʼlumotlar taqdim qildi.

Joriy yilning iyun oyida Times Higher Education reyting agentligi tomonidan Impact Ranking 2023 natijalari eʼlon qilindi.

Unda TDSHU barcha yo‘nalishlar bo‘yicha kuchli TOP 1000 likdan o‘rin oldi. Bu yilgi natijalarlarda o‘tgan yilga nisbatan maqsadlar soni olti nafardan yetti nafarga yetkazildi, hamda har bir maqsad bo‘yicha 1000 talikdagi o‘rinlarni qayd etdi:

– (SDG 1) No poverty – Qashshoqlikka barham berish bo‘yicha 601-800 o‘rin;

– (SDG 4) Quality Education – Taʼlim sifati bo‘yicha 601-800 o‘rin;

– (SDG 5) Gender Equality – Gender tengligi bo‘yicha 601–800 o‘rin;

– (SDG 8) Decent work and economic growth – Munosib ish o‘rni va iqtisodiy o‘sish bo‘yicha 601–800 o‘rin;

– (SDG 10) Reduced Inequalities – Tengsizliklarni qisqartirish bo‘yicha 601-800 o‘rin;

– (SDG 16) Peace, Justice and Strong Institutions – Tinchlik, adolat va kuchli institutlar 401–600 o‘rin;

– (SDG 17) Partnership for the Goals – Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lidagi hamkorlik bo‘yicha 1001+ o‘rinlarni egalladi.

Ushbu munosib eʼtiroflar TDSHU universiteti jamoasini yanada yuqori marralarga intilishga hamda kelgusi reytinglarda ham munosib o‘rinlarni egallashga asos bo‘lib xizmat qiladi.