Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU – Turk dunyosida yagona ta’lim makoni sari muhim qadam!

22.04.2026, 11:10 Yangiliklar 249

2026-yil 21-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Xorijdagi turklar va qardosh hamjamiyatlar ishlari bo‘yicha boshqarma (YTB) delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

👥 Uchrashuvda:
• Servet Turan — Turkiston va Kavkaz mintaqasi koordinatori
• Ömer Faruk Seyithanoğlu — ekspert
ishtirok etdi.

💬 Muzokaralar davomida quyidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi:

🔹 “ORTAK – Turk dunyosida umumiy oliy ta’lim sertifikat dasturi” taqdimoti
🔹 Turk davlatlari oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida yagona akademik yondashuv va hamkorlik mexanizmlarini shakllantirish
🔹 Universitetlar, professor-o‘qituvchilar va ta’lim sohasi mutaxassislari o‘rtasida institutsional tarmoqlarni kengaytirish
🔹 Uzoq muddatli va barqaror ilmiy-ta’limiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari

✨ Uchrashuv ochiq va konstruktiv ruhda o‘tib, tomonlar o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish hamda Turk dunyosida oliy ta’lim integratsiyasini mustahkamlash borasida kelgusidagi hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdilar.

📌 Mazkur uchrashuv TDSHUning xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish va global akademik maydondagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

    WordPress Lab RedChili – Restaurant WordPress Theme Reddrop Buddies – Multi-Concept Activism & Blood Donation Campaign WordPress Theme Redias – Business Consulting WordPress Theme Redlight Cyber Security & IT Management WordPress Theme Redy | Marathon & Running Sports WordPress Theme Reeco – Furniture WooCommerce WordPress Theme ReEstate – Real Estate with MLS IDX Listing Realtor Theme Reflekt – Minimalist Portfolio Theme ReFormer – Multichannel Contact Form for Elementor Reframe – Resume & Personal Portfolio WordPress Theme