Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU UI GreenMetric jahon universitetlari reytingida

14.12.2024, 11:20 Yangiliklar 1452

UI GreenMetric jahon universitetlari reytingi 95 davlatdagi 1,477 ta oliy ta’lim muassasalarini qamrab olib, u OTMlarning barqarorlik bo‘yicha faoliyatini baholashga qaratilgan global reyting tizimi hisoblanadi.

Mazkur reytinglarning maqsadi butun dunyo universitetlarida barqarorlik sa’y-harakatlari va institutsional takomillashtirishlar bilan bog‘liq joriy sharoitlar va siyosatlar bo‘yicha onlayn so‘rov natijalarini taqdim etishdan iborat. Universitet rahbarlari va manfaatdor tomonlarning e’tiborini jalb qilish orqali global iqlim o‘zgarishi, toza energiya, suvni tejash, chiqindilarni qayta ishlash, yashil transport, shuningdek, barqarorlik to‘g‘risida ma’lumot berish va uni tadqiq qilish masalalariga ko‘proq e’tibor qaratilishi kutiladi. Bu maqsadlarga erishish uchun ko‘pchilikni xabardor etish va ularning barqarorlik harakatlarini o‘zgartirish talab etiladi. Joriy yilda UI GreenMetric yangi mavzuni – “GreenMetric UI Jahon Universitetlari reytingini yaratish: kelajak sari yo‘l” mavzusini joriy etdi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti UI GreenMetric jahon universitetlari reytingida 2 yildan buyon qatnashmoqda. O’tgan yili TDSHU mazkur reytingda 1179 o‘rinni egallagan bo‘lsa joriy yilda 191 pog‘onaga ko‘tarilib 988 o‘rinni egalladi.

    WordPress Lab Gravity Perks Gravity Forms Conditional Pricing Gravity Perks Gravity Forms Copy Cat Gravity Perks Gravity Forms Pay Per Word Gravity Perks Media Library Plugin Gravity Perks WordPress Plugin Gravity View WordPress Plugin GravityView – Advanced Filter Extension GravityView – DataTables Extension GravityView – Gravity Forms Calendar Gravity Forms Import Entries