Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU va Adam Mitskevich universiteti o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

02.06.2026, 17:09 Yangiliklar 31

2026-yil 2-iyun kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Polshaning Adam Mitskevich universiteti vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda TDSHU tomonidan Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i N. Imamova, Sharq xalqlari tillari va adabiyoti instituti direktori N. Xodjayeva hamda Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakulteti dekani M. Askarov ishtirok etdilar. Adam Mitskevich universitetidan esa Tadqiqot va reytinglar boshqarmasining yetakchi mutaxassislari Paulina Czapracka va Juliusz Dworacki qatnashdilar.

Muloqot davomida Adam Mitskevich universitetining xalqaro reytinglarda ishtirok etish tajribasi, reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda ushbu yo‘nalishdagi samarali amaliyotlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, TDSHU vakillarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi va kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Mazkur uchrashuv universitetlar o‘rtasida tajriba almashish va xalqaro reytinglar bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qildi.

    WordPress Lab Tastyc – Cafe Restaurant Theme Tattoo Studio – Responsive WordPress Theme TattooPress - A Wordpress Theme for Ink Artists Tawon – Agency Landing Page Elementor Template Kit Tax Exempt by user & user role for WooCommerce Tax Help - Finance & Accounting Adviser Theme Taxico – Taxi Company & Online Cab Service Elementor Template Kit Taxico – Taxi Company & Online Cab Service FSE WordPress Theme Tayta – Single Property & Apartment Complex Theme TazZA – Organic Food Elementor Template Kit