Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU va Indoneziyaning Islam Malang universiteti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

24.11.2026, 16:04 Yangiliklar 20

2026-yil 24-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Indoneziyaning Islam Malang universiteti (Universitas Islam Malang) bilan avval imzolangan hamkorlik memorandumini uzaytirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur memorandumning uzaytirilishi ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalarining izchil rivojlanib borayotgani, ta’lim va ilm-fan sohalarida o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada kengaytirishga bo‘lgan intilishning muhim ifodasidir.

Hamkorlik doirasida kelgusida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini rivojlantirish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar va seminarlar tashkil etish, shuningdek, akademik tajriba almashish kabi yo‘nalishlarda aloqalarni mustahkamlash ko‘zda tutiladi.

Memorandumning uzaytirilishi Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining xalqaro akademik hamkorlik geografiyasini kengaytirish, Indoneziya oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarni rivojlantirish hamda ta’lim va ilm-fan sohasidagi xalqaro integratsiya jarayonlarini yanada jadallashtirishga xizmat qiladi.