Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU va Lyaonin pedagogika universiteti o‘rtasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

17.10.2026, 16:18 Yangiliklar 44

2026-yil 17-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining Lyaonin pedagogika universiteti rektori, professor Luo Wenbo boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibidan Lyaonin pedagogika universiteti O‘quv ishlari boshqarmasi direktori Shen Jie, universitet nashriyot guruhi vakili Qi Shuyou hamda Xalqaro almashinuv boshqarmasi direktori Gong Zheng o‘rin oldi. Uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida yangi loyihalarni amalga oshirish hamda talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun xalqaro akademik mobillik imkoniyatlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar davomida universitetlarning bakalavriat bosqichi talabalari uchun tadbiq etilgan «2+2 Qo‘shma ta’lim dasturi» hamda magistratura bosqichi talabalari uchun yangi «1+1 Qo‘shma ta’lim dasturi«ni joriy etish istiqbollari batafsil muhokama etildi. Ushbu dasturlar doirasida talabalar uchun ikki universitetda tahsil olish, xalqaro tajriba orttirish va akademik mobillik imkoniyatlarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, tomonlar hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini qamrab oluvchi uchta yangi shartnomani ishlab chiqish va imzolash, ikki universitet magistrant talabalariga o‘zaro ilmiy rahbarlikni yo‘lga qo‘yish hamda bakalavriat talabalari uchun qisqa muddatli akademik almashinuv dasturlarini tashkil etish yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuv davomida joriy yilning noyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ikki tomonlama xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya masalalari ham muhokama qilindi. Xususan, konferensiyaga tayyorgarlik ko‘rish, uning tashkiliy jihatlari, ishtirokchilar tarkibi hamda ilmiy yo‘nalishlarini belgilashga doir masalalar yuzasidan fikr almashildi. Mazkur uchrashuv Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Lyaonin pedagogika universiteti o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, ta’lim dasturlarini xalqaro darajada rivojlantirish, ilmiy hamkorlikni kengaytirish hamda ikki mamlakat yoshlari o‘rtasidagi akademik aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish va belgilangan tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.