Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU VA SINGAPUR XALQARO LITSEYI HAMDA MAKTABI O‘RTASIDA HAMKORLIK SHARTNOMASI IMZOLANDI

19.11.2026, 17:22 Yangiliklar 35

2026-yil 19-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Singapur xalqaro litseyi hamda Singapur xalqaro maktabi vakillari bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar ta’lim sifatini oshirish, o‘zaro tajriba almashish, sharq tillarini o‘qitishni rivojlantirish hamda pedagogik kadrlar tayyorlash borasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

Muhokamalar yakunida tomonlar o’rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.
📌 Shartnomada quyidagi asosiy hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi:
🔹 Singapur xalqaro litseyi va maktabida sharq tillarini o‘qitishni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish;
🔹 TDSHU talabalarining ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlar bo‘yicha pedagogik amaliyotini tashkil etish;
🔹 Ta’lim muassasalaridagi tegishli fanlar bo‘yicha vakant ish o‘rinlarini TDSHU bitiruvchilari bilan to‘ldirishda hamkorlik qilish;
🔹 O‘quv dasturlari, o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlarni birgalikda ishlab chiqish;
🔹 Professor-o‘qituvchilar ishtirokida mahorat darslari, seminarlar, konferensiyalar va boshqa ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish;
🔹 Ilmiy-tadqiqot natijalarini ta’lim amaliyotiga joriy etish.

Ushbu kelishuv TDSHU talabalarining pedagogik tajriba orttirishi, bitiruvchilarning mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirish hamda universitetning ta’lim muassasalari bilan amaliy hamkorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.