Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU va TDYU o‘rtasida ta’lim, ilm-fan va akademik hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik bitimi imzolandi.

02.06.2026, 17:20 Yangiliklar 427

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Toshkent davlat yuridik universiteti o‘rtasida ta’lim, ilm-fan va akademik hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik bitimi imzolandi.

Mazkur bitim ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun qo‘shma ta’lim hamda ilmiy loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, o‘zaro tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Imzolangan bitim ikki universitet o‘rtasidagi uzoq muddatli va samarali hamkorlik uchun muhim huquqiy asos bo‘ladi.