Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU va Turksoy o’rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

24.02.2023, 17:10 Yangiliklar 717

TDSHUga “Turksoy” tashkilotining bosh kotibi Sultan Rayev, Turksoy bosh kotibining O’zbekiston Respublikasidagi maslaxatchisi, Farg’ona viloyat xokimi o’rinbosari Ahmedov Xurshidjon Rustamovich  tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida universitet va tashkilot o’rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan takliflar ko’rib chiqildi.

Turksoy tashkiloti hamkorligida tashkil etiladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlarda hamkorlikni yana izchil davom ettirish, iqtidorli talabalarni Turkiya Respublikasining nufuzli universitetlarida tahsil olish xarajatlarini bir qismini qoplab berish taklifini berdi.

Joriy yilda universitetda tashkilot moliyaviy mablag’lari hisobidan TURKSOY honasini ochish masalalari ham ko’rib chiqildi.