Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU vakillari “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasidagi onlayn yig‘ilishda ishtirok etdilar

06.11.2026, 15:49 Yangiliklar 36

2026-yil 6-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida tashkil etilgan onlayn yig‘ilishda ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida raqamli ta’lim loyihalari va sun’iy intellekt texnologiyalarining imkoniyatlari, xalqaro professional sertifikatlarni qo‘lga kiritish yo‘llari, startap g‘oyalarini rivojlantirish va moliyalashtirish mexanizmlari, shuningdek, talabalarning raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish istiqbollari haqida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, sun’iy intellekt va zamonaviy raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish, ushbu yo‘nalishda bilim va amaliy ko‘nikmalarni oshirish, yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro miqyosda raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur yig‘ilish universitet professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari uchun sun’iy intellekt sohasidagi yangi imkoniyatlar bilan tanishish, raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish hamda zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish borasida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lish imkonini berdi.

Kelajak texnologiyalarini bugun o‘rganamiz!