Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU vakillari Osiyo, Afrika va Yevropa mintaqashunoslik markazi faoliyati bilan tanishdi

10.07.2026, 11:11 Yangiliklar 52

Xitoyning Janubiy-Sharqiy universitetida bo‘lib turgan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti vakillari — Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Durbek Sayfullayev hamda “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi dotsenti Qahramon Haqberdiyev universitet huzurida faoliyat yurituvchi Osiyo, Afrika va Yevropa mintaqashunoslik markazi faoliyati bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida kelgusida mazkur markaz hamda TDSHU huzuridagi “Sharq mamlakatlari rivojlanishini tadqiq etish” ilmiy-tahlil markazi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar Markaziy Osiyo va Xitoy munosabatlariga bag‘ishlangan qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, xalqaro konferensiyalar va ilmiy-amaliy seminarlarni birgalikda tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.