Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU yangi o’quv binosining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

24.09.2022, 15:30 Yangiliklar 1489

Tadbirning avvali  2022-2023 o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan 1-bosqich talabalarining  talabalikka bag‘ishlovi bilan boshlandi. Unda talabalar o‘z qasamyodlarini qabul qildilar va ularga berilgan bu imkoniyatdan to‘laqonli foydalanib  kelajakda tanlagan sohalarining  yetuk mutaxassisi  bo‘lishni  va’da  berdilar.

Talabalikka

Yangi 2022-2023 o’quv yili Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti jamoasi va talabalari uchun quvonchli boshlandi. Xususan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4680-son qaroriga ko‘ra davlat dasturi asosida qurilgan TDSHU ning koreyashunoslik va xitoyshunoslik fakultetlari yangi o’quv binosining 2022-yil 24-sentabr kuni ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Ochilish marosimida O’zbekiston Respublika Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva va yuqori tashkilot vakillari, ko’plab oliy ta’lim muassasalari rektorlari, faxriy ustozlar va talabalar ishtirok etishdi.

Ochilish 1

Ochilish marosimida so’zga chiqqanlar sharqshunoslik sohasida qilinayotgan ishlar universitet jamoasi va talabalarining yutuqlari haqida fikr bildirib, yangi o’quv binosi bilan qizg’in tabriklab o’tishdi.

YANGI BINO