Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU yoshlar Kengashi tashabbusi bilan “Parlamentda yoshlar o‘rni” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etildi

11.11.2023, 13:11 Yangiliklar 413

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi binosida O’zLiDeP “Yoshlar qanoti” hamda TDSHU yoshlar Kengashi tashabbusi bilan “Parlamentda yoshlar o‘rni” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etildi.

Ushbu uchrashuvda universitetimizning bir guruh faol talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

photo_2023-11-11_13-09-26

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Yoshlar komissiyasi a’zosi, O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sardor G’iyosov hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Yoshlar komissiyasi raisi Muhammadjon Valiyevlar tomonidan parlament faoliyati, qonun va norma ijodkorligi jarayonlarida yoshlar o‘rni haqida to‘xtalib o‘tildi.

photo_2023-11-11_13-09-29

Talaba-yoshlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining binosi, muzey va kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

photo_2023-11-11_13-09-17