Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda “18- dekabr – Xalqaro arab tili kuni” munosabati bilan ” “O’zbekistonda arabshunoslik: tarix, bugun va kelajak” mavziuda ilmiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

12.12.2022, 15:25 Yangiliklar 1038

BRM 17

Avval xabar berganimizdek, TDSHUda “18- dekabr – Xalqaro arab tili kuni” munosabati bilan “Arab filologiyasi” hamda “Mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik” kafedralari professor-o’qituvchilari, magistrantlari va talabalari tomonidan “O’zbekistonda arabshnoslik: tarix, bugun va kelajak” mavziuda ilmiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

IMG_2359

Mazkur tadbir doirasida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar va turizm qo’mitasi raisi R.Alimov, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Falastin, Ummon Sultonligi, Jazoir kabi Arab davlatlarining O’zbekistondagi Favkulodda va Muxtor elchilari hamda elchixona vakillari universitetga tashrif buyurdilar.

IMG_2379

Tadbir doirasida universitet talabalari tomonidan bajarilgan arab yozuvi xattotlik san’ati hamda ijodiy ishlar namunalari ko’rgazmasi tashkil etildi.

IMG_2446

IMG_2459

IMG_2479

Shuningdek, universitet talabalari jahon ilm-fani ravnaqiga ulkan hissa qo’shgan allomalar timsolida rol ijro etib, arab tili bo’yicha bilim va ko’nikmalarini namoyish qilishdi. Arab tilida mahorat bilan sahnalashtilgan spektakl ham, universitetimiz talabalarinig arab tilini bilish darajasini ko’rsatib berdi.

IMG_2376

IMG_2415

Tadbir nihoyasida so’zga chiqqan Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Falastin, Ummon Sultonligi, Jazoir kabi Arab davlatlarining O’zbekistondagi Favkulodda va Muxtor elchilari hamda elchixona vakillari talabalarning til bilish darajasi yuqori baholab, yaqin kelajakda TDSHU hamda Arab mamalakatlari ilg’or OTM o’rtasida akademik hamkorlikni yo’lga qo’yishni taklif qildilar.

IMG_2489