Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda 2025-2026 o‘quv yili uchun Suyima G’aniyeva maxsus stipendiyasi talabgorlari bilan suhbat jarayoni bo‘lib o‘tdi

30.06.2025, 14:20 Yangiliklar 349

2025-yil 30-iyun kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida 2025-2026 o‘quv yili uchun Suyima G’aniyeva maxsus stipendiyasi talabgorlari bilan suhbat jarayoni bo‘lib o‘tdi.

Mazkur stipendiya – nafaqat iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish, balki ularni ilmiy va ijtimoiy faoliyatga yanada kengroq jalb etish, vatanparvarlik va fidoyilik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.