Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda 4-bosqich bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash yuzasidan uchrashuvlar

10.11.2021, 20:54 Yangiliklar 1362

Joriy yilning 9-noyabrdan boshlab TDSHUda 4-bosqich bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash yuzasidan potensial ish beruvchilar bilan qator uchrashuvlar o‘tkazish mo‘ljallangan.

Shu jumladan, Mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik kafedrasida hamkor tashkilot O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutidan tashrif buyurgan vakil Oysara Madaliyeva,  Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti dekani Ikrom Bultakov, Mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik kafedrasi mudiri Rixsitilla Alimuxamedov ishtirokidagi ilk uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Talabalar uchrashuv davomida hamkor tashkilotdagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

2

TDSHU Matbuot xizmati