TDSHUda «Barqaror iqtisodiy rivojlanish sari» xalqaro talaba konferensiyasi o’tkazildi.
2026-yil 14-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Iqtisodiyot va menejment kafedrasi huzuridagi Barqaror iqtisodiy rivojlanish ilmiy markazi tomonidan «Barqaror iqtisodiy rivojlanish sari» mavzusida xalqaro talaba konferensiyasi o’tkazildi.


Ushbu konferensiyada, yoshlar va yosh tadqiqotchilar uchun muhim ilmiy va amaliy muhokamalar, zamonaviy muhitda barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ilg‘or fikr va tajribalar bilan fikr almashildi. Konferensiya, xalqaro hamkorlik va barqaror rivojlanish siyosati, inson kapitali, ijtimoiy barqarorlik, ekologiya va yashil texnologiyalar, shuningdek, xalqaro turizm va hududiy rivojlanish kabi muhim istiqbolli yo‘nalishlarni qamrab oldi.



Shuning bilan birga, «Barqaror iqtisodiy rivojlanish sari» konferensiyasi mamlakatimizda yoshlarni rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarni kengaytirish va xalqaro muvaffaqiyatlar uchun mustahkam poydevor yaratishdagi amaliy va nazariy ko’nikma bo’lib xizmat qiladi.








