Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda “Barqaror taraqqiyot: ilm-fan va biznesda xotin-qizlar tashabbuslari” IV xalqaro konferensiyasi bo’lib o’tdi

10.02.2024, 18:12 Yangiliklar 316

BMT Bosh Assambleyasining 2015- yil 22- dekabr sanasidagi Rezolyutsiyasiga muvofiq, har yili 11-fevral kunini “Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni” sifatida nishonlanishi qabul qilingan. YUNESKO tashkiloti tomonidan keng targ‘ib qilinuvchi “Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni”ni har yili 11- fevralda nishonlash – ayollar va qizlarni ilm-fan sohasida rag‘batlantirishga qaratilgan. Ushbu sana ayollar va qizlarning ilm-fanga to’liq va teng kirishi hamda ishtirokini rag’batlantirish uchun yana bir imkoniyatdir.  Ilm-fan va gender tengligi barqaror rivojlanishga erishish uchun juda muhimdir.

IMG_3171

Barqaror rivojlanish yo‘lidagi eng katta muammolarini hal qilish – salomatlikni yaxshilashdan tortib iqlim o’zgarishiga qarshi kurashishgacha – ilm-fan sohasidagi etuk iste’dodlarga  tayanadi. Shu sababli, ayollarni ilm-fan sohalariga yanada ko‘proq jalb etish alohida ahamiyatga ega. Tadqiqotlarning xilma-xilligi iqtidorli tadqiqotchilar safini kengaytiradi, yangi istiqbollar, iste’dod va ijodkorlikni keltirib chiqaradi. Har yili 11- fevralda nishonlanadigan mazkur sana Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan ayollar va qizlarning ilm-fandan toʻliq va teng foydalanishini taʼminlash maqsadida qabul qilingan. Ushbu sana ayollar va qizlar fan-ta’lim jabhalarida muhim rol o’ynashini va ularning ishtirokini kuchaytirish kerakligini eslatadi.

L79A3233

Mazkur sana munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, OʻzR Fanlar akademiyasi, Oʼzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Abdulla Qodiriy nomidagi Prezident ijod maktabi, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamkorligida joriy yilning 10- fevral kuni “Barqaror taraqqiyot: ilm-fan va biznesda xotin-qizlar tashabbuslari” IV xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

L79A3246

Ushbu anjuman an’anaviy tarzda mazkur oliy ta’lim dargohida bir necha yillardan beri o‘tkazilib kelinadi. Bu yilgi konferensiyaga ham 200ga yaqin maqolalar kelib tushgan bo‘lib, anjuman materiallari to‘plam sifatida nashr ettirildi. Har bir maqolaga DOI raqam berilib, maqolalar Google Scholar, Cyberleninka, archive.org kabi bazalarda indekslandi.

photo_2024-02-10_13-12-14

Anjumanda, shuningdek, Bangladesh, Turkiya, Xitoy Xalq Respublikasi,  Hindiston, Koreya kabi TDSHUning xorijiy hamkor OTM va ilmiy tadqiqot instiutlari vakillari ham o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

 

IMG_3139

Konferensiya yakunida ishtirok etgan professor-o‘qituvchilarga sertifikat topshirildi.

_MG_3280

_MG_3384

photo_2024-02-10_17-58-20

photo_2024-02-10_13-09-51

photo_2024-02-10_13-09-57

IMG_3102

IMG_3058

IMG_3034

IMG_3074

IMG_3162

photo_2024-02-10_18-15-25

_MG_3311

_MG_3210

_MG_3257

_MG_3403

photo_2024-02-10_17-53-38

_MG_3409