Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda BRM 5 doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

11.02.2026, 17:28 Yangiliklar 636

2026-yil 11-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida 11-fevral — “Ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan “Gender tenglik madaniyatini rivojlantirish: oilaviy qadriyatlar, ta’lim siyosati va ijtimoiy ong transformatsiyasi” mavzusida VI xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Mazkur nufuzli forum BRM 5 — Gender tenglik maqsadlari doirasida xotin-qizlarning ilm-fan, ta’lim va jamiyatdagi faol ishtirokini kengaytirish, gender tenglik madaniyatini mustahkamlash hamda ilg‘or milliy va xalqaro tajribalarni muhokama qilishga qaratildi.

Konferensiyada Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi va qator tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Mazkur konferensiya gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning ilm-fandagi o‘rnini mustahkamlash va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda muhim ilmiy-amaliy platforma bo‘lib xizmat qildi.

    WordPress Lab On-Scroll Rotation Grid For Elementor On-Scroll Section Effects for Elementor On-Scroll Video Effects for Elementor Ondustry – Industry & Manufacturing Elementor Template Kit One – WordPress Product Landing Page Oneclick – Multi-Purpose WooCommerce Responsive Digital Theme Onekorse – LMS Education Theme OneLove – The Elegant & Clean Multipurpose Wedding WordPress Theme OnePage Hyperlinks Navigation OneStudio – A Unique Responsive WordPress Theme