TDSHUda “Duo olgani keldik” nomli bir aktyor teatr tomoshasi namoyish etildi
2026-yil 6-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti madaniyat saroyida ustoz Jumali Shabanov va uning shogirdlari tomonidan sahnalashtirilgan “Duo olgani keldik” nomli bir aktyor teatr tomoshasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur madaniy tadbir professor-o‘qituvchilar, talabalarga yuqori kayfiyat ulashdi. Sahnada milliy qadriyatlar, ustoz-shogird an’analari va insoniy fazilatlarni tarannum etuvchi chiqishlar namoyish qilindi.
Tadbirda san’atkorlar Sevil Ansar o‘g‘li, Ali Otajonov, Muhammadziyo Anvarov hamda turkiyalik san’atkor Buğra mehmon sifatida ishtirok etdi. Teatr tomoshasi davomida ijodiy chiqishlar, sahna madaniyati va aktyorlik mahorati yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.





































