Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda ijarada yashovchi talabalar turar joy sharoitlari o‘rganildi

10.10.2026, 13:10 Yangiliklar 33

9-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining birinchi prorektori G‘. T. Arifjonov boshchiligida ijarada istiqomat qilayotgan talabalar yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida tashrif amalga oshirildi.

Bugun, 9-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining birinchi prorektori G‘. T. Arifjonov boshchiligida ijarada istiqomat qilayotgan talabalar yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida tashrif amalga oshirildi.

Tadbirda Amaliy fanlar fakulteti dekan o‘rinbosari M. Muxitdinov, fakultet tyutori L. Qodirova, Sharq filologiyasi va adabiyoti instituti tyutorlari R. Eraliyev hamda S. Tojimurodova ishtirok etdi.

Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari, xonadonlardagi mavjud qulayliklar va xavfsizlik masalalariga e’tibor qaratildi. Ayniqsa, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, xonalarni isitish tizimlarining sozligi hamda sovuq kunlarda talabalar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgani alohida o‘rganildi.

Shuningdek, talabalar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning ijtimoiy-maishiy sharoitlari, mavjud muammo va takliflari tinglandi. Aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida hal etish, talabalarning xavfsiz va qulay muhitda istiqomat qilishini ta’minlash muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning yashash sharoitlarini muntazam o‘rganish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.