TDSHUda Janubiy Koreya delegatsiyasi

#SDG_4
2025-yil 18-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Koreya Respublikasining O’zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Von Do Yon janoblari tashrif buyurdi.
Tashrif davomida ikki tomonlama ilmiy, akademik hamkorlikni kengaytirish borasida fikr almashish hamda oliy ta’lim sohasida yangi tashabbuslarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi.