Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda “Karyera kuni”

14.11.2021, 17:33 Yangiliklar 1370

TDSHU Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti, Arab filologiyasi kafedrasi 4-bosqich bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash maqsadida TDSHUda 2021-yilning 13-noyabrida potensial ish beruvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

1

Uchrashuvda kafedraning hamkor tashkiloti NTM “Grant ta’lim” rahbari Q. Zohidov, Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti dekani muovini O. Maxamadxo‘jayev, Arab filologiyasi kafedrasi mudiri prof. Sh. Shomusarov hamda kafedraning boshqa ustozlari qatnashdilar.

3

Uchrashuv davomida talabalar hamkor tashkilotning ish faoliyati, unda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

TDSHU Matbuot xizmati