TDSHUda “Karyera kuni” — imkoniyatlar maydoni!
2026-yil 23-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida ish beruvchilar bilan hamkorlikda “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda talabalar bevosita ish beruvchilar bilan uchrashib, o‘zlarini sinab ko‘rish, savollariga javob olish va kelajakdagi ish faoliyati uchun muhim aloqalar o‘rnatish imkoniga ega bo‘lishdi.


Yarmarkada 30 dan ziyod davlat tashkilotlari (jumladan: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Bojxona qo’mitasi, Turizm qo‘mitasi, Migratsiya agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, O‘zmilliybank AJ) hamda 30 dan ortiq xususiy, qo‘shma va xorijiy korxonalar o‘zlarida mavjud 300 dan ortiq ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi.
Ishtirokchilarga:
• bo‘sh ish o‘rinlari
• amaliyot dasturlari
• karyera rivoji imkoniyatlari
haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.


Eng muhimi, talabalar o‘z rezyumelarini topshirib, dastlabki suhbatlardan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
“Karyera kuni” — bu shunchaki yarmarka emas, balki kelajak sari muhim qadam!


























