Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda Kasaba uyushmalari xodimlari bayram munosabati bilan taqdirlandi

12.11.2022, 14:38 Yangiliklar 1043

Bugun Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida 11- noyabr – O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirni yoshlar masalalari bilan ishlash, maʼnaviy va maʼrifiy ishlar bo‘yicha I – prorektor filologiya fanlari doktori, professor Q.Omonov ochib berdi va bayram ishtirokchilarini tabriklab samimiy tilaklar bildirdi. So‘ngra universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Ch.Xusanov so‘zga chiqib hozirgi paytda universitet kasaba uyushmasi oldidagi vazifalar, kasaba uyushmasi aʼzolarining ijtimoiy himoyasini taʼminlash, ularni moddiy-maʼnaviy qo‘llab-quvvatlash, huquqiy manfaatlarini ifoda etishda ijtimoiy sheriklikning barcha prinsiplariga amal qilinishini taʼminlanish masalalari, 11-noyabrni — «Umumxalq bayrami” sifatida dam olish kuni deb eʼlon qilinganligi to‘g‘risida to‘xtalib bayram qatnashchilarini tabrikladi. Uzoq yillardan beri universitetda samarali mehnat qilayotgan va universitet kasaba uyushmasi faoliyatidagi faolligi uchun bir qator professor – o‘qituvchilar va ishchi-xodimlarga tashakkurnoma taqdim etildi va ular moddiy rag‘batlantirildi. Jamoa aʼzolarining yuzidagi xursandchilik va mamnunlik kasaba uyushmasi xodimlarini yanada g‘ayrat va shijoat bilan ishlashga undaydi.

IMG_0279 IMG_0288 IMG_0295 IMG_0300 IMG_0307 IMG_0315 IMG_0325 IMG_0329