Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda “Koreya haftaligi” davom etmoqda

07.04.2022, 00:29 Yangiliklar 2524

       Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O‘zbekiston-Koreya diplomatik aloqalari hamda Koreys filologiyasi kafedrasining 30 yilligiga bag‘ishlab bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

    Bugun Koreya haftaligi davomida “Yosh koreyashunos ilm va ijod ostonasida” xalqaro talabalar Forumi bo‘lib o‘tdi. Xalqaro Forumni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Sayfullayev Durbek Baxtiyorovich ochib berdi.

    Mazkur Forumda Koreya Respublikasining Chungnam Milliy universiteti, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti, Yoju texnika universiteti hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti magistrantlari ishtirok etdilar. Forum “Koreys tili va adabiyot madaniyat chorrahasida”, “Koreys tilini o‘rganishga lingvomadaniy yondashuv”, “Sinxron tarjima: qayta yaratish san’ati muammolari”, “O‘zbekiston-Koreya: Islohot va o‘zgarishlardagi yangi qadamlar, manfaatli hamkorlik” kabi sho‘balarda faoliyat olib bordi. Barcha ma’ruzalar bo‘yicha fikrlar bildirildi.

       Forum yakunida ishtirokchilarga ma’ruzalar nashr qilingan to‘plam hamda o‘z ma’ruzalari bilan qatnashganliklari haqida sertifikatlar taqdim etildi.

“Koreya haftaligi” davom etmoqda.

photo_2022-04-07_00-22-36 photo_2022-04-07_00-22-41

    WordPress Lab Brook | Light & Responsive WordPress Blog Theme Brooklyn | Creative Multipurpose Responsive WordPress Theme Brooklyn Heights – Private Villa & Hotel Elementor Template Kit Browcraft – Microblading & Eyebrow Beauty Salon WordPress Theme Brutal | Creative Agency & Advertising Service Elementor Template Kit Bryan – Resume WordPress Theme BS GMaps PRO – Google Map Widget for Elementor BS Input – Social Login and Register Popup With Shortcode & Site Locker Btext – Creative Portfolio & Digital Agency WordPress Elementor Theme Btourq – WordPress News Magazine Theme