TDSHUda “Koreya haftaligi” doirasida “Notiqlik san’ati” musobaqasi o’tkazildi.

TDSHU Sharq xalqlari va adabiyoti instituti Koreyashunoslik oliy maktabi tomonidan “Koreya haftaligi” doirasidagi navbatdagi “Notiqlik san’ati” musobaqasi oʻtkazildi. Musobaqani “Koreys-O‘zbek Koreys tili markazi” vakillari ishtirokchilarni baholab borishdi.
Qizgʻin va murosasiz tarzda oʻtkazilgan tadbirda talabalar oʻzlarining koreys tilini bilish darajalari, bilim va salohiyatlarini yuqori darajada koʻrsatib berdilar.
Yakuniy natijalarga koʻra:
1-oʻrin. Hayriddinova Sohiba
2-oʻrin. Muhammedova Farangiz
3-oʻrin. Ibrohimova Ozoda egalladi.