Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda Koreya Respublikasi sobiq tashqi ishlar vaziri Pak Jin bilan uchrashuv va ochiq ma’ruza bo‘lib o‘tdi

23.05.2026, 14:33 Yangiliklar 542

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida xalqaro munosabatlar va diplomatiya sohasida katta tajribaga ega davlat arbobi — Koreya Respublikasi sobiq tashqi ishlar vaziri janob Pak Jin bilan uchrashuv hamda maxsus ochiq ma’ruza bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda xalqaro munosabatlar yo‘nalishida tahsil olayotgan yoshlar ishtirok etdi. Janob Pak Jin o‘z ma’ruzasida global diplomatiya, Koreya Respublikasining tashqi siyosati hamda O‘zbekiston–Koreya hamkorlik aloqalarining bugungi rivojlanish bosqichlari haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berilib, diplomatik faoliyat, xalqaro muzokaralar olib borish tajribasi hamda zamonaviy geosiyosiy jarayonlar yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama akademik hamkorlikni kengaytirish, talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvini rivojlantirish hamda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari ham muhokama qilindi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar bunday uchrashuvlar yoshlarning xalqaro qarashlarini kengaytirish va diplomatik bilimlarini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.

    WordPress Lab Beaver Builder Ultimate Addon Bebicare – Babysitter WordPress Theme Bebio – Kindergarten & Baby Care WordPress Theme Becca – SaaS and Software Company WordPress Theme Becipe – Recipe Blogging WordPress Theme Beetrix – Pet Clinic & Hospital Elementor Template Kit Before After Image Pro Addon for WPBakery Page Builder BeGreen – Multi-Purpose WordPress Theme for Planter – Landscaping- Gardening Behanceomatic Post Generator Plugin for WordPress BeHealth – Multi-Purpose WordPress Theme for Yoga – Health – Beauty – Shop