Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda koreys tili bo’yicha “Notiqlik sana’ti ko‘rik tanlovi” o‘tkazildi

12.03.2023, 05:48 Yangiliklar 928

TDSHUda joriy yilning 10-mart kuni Koreyashunoslik fakulteti Koreys filologiyasi kafedrasi tomonidan koreys tili bo’yicha “Notiqlik sana’ti ko‘rik tanlovi” o‘tkazildi. Ko’rik tanlov bir necha yillardan buyon TDSHUda an’anaviy tarzda Koreyashunoslik sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shgan shaxs, professor Kim Mun Uk xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazib kelinmoqda. “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” munosabati bilan o‘kazilgan navbatdagi tanlov natijalariga ko‘ra quyidagi talabalar yuqori o’rinlarni egalladilar:
1- o‘rin: Filologiya yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Egamberganova Zuhra

photo_2023-03-12_05-41-58
2- o‘rin: Tarix (Sharq mamlakatlari va mintaqalari bo‘yicha) 3-bosqich talabasi Pardayev Rovshan
3 – o‘rin: Filologiya yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Choriyeva Feruza
Barcha qatnashgan talabalarga mukofot va esdalik sovg‘alar topshirildi.