Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda Mahatma Gandi tavalludining 154 yilligiga bag’ishlangan “MAHATMA GANDI – TINCHLIK ELCHISI” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi

05.10.2023, 17:36 Yangiliklar 573

2023-yil 5-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, O’zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi hamda Hindistonning Tagor xalqaro maktabi hamkorligida Mahatma Gandi tavalludining 154 yilligiga bag’ishlangan “MAHATMA GANDI – TINCHLIK ELCHISI” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

241A7612

Tadbirni TDSHU rektori G.Rixsiyeva ochib berdi. Davra suhbatiga tashrif buyurgan mehmonlar – O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi direktori Q.Sobirov, Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Manish Prabhat so‘zga chiqib, tadbir ishtirokchilariga Mahatma Gandi shaxsi va insoniyat tarixida tutgan o’rni xususida, ma’ruza qildilar.
Hindistonning Tagor xalqaro maktabidan online dastur taqdim etildi.

241A7606

Tadbir so‘ngida, “Bag‘rikenglik tinchlik sari yo‘l” hindiy tilidagi insholar tanlovi hamda online viktorina g’oliblari taqdirlandilar.

241A7675