Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda “Ma’rifat ulashib” adabiy loyihasi tashkil etildi

15.04.2024, 12:01 E'lonlar 167

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining kitobga, she’riyatu adabiyotga oshno jamoasi!

🔺 Siz qadrdonlarni zamondosh o‘zbek adiblari hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishtirish, ular yozgan yangi asarlarni yetkazib borish maqsadida TDSHUda “Ma’rifat ulashib” adabiy loyihasi tashkil etildi.

🔺Loyihaning birinchi mehmonlari sifatida O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid va O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari, iste’dodli shoirlar Yahyoxon Fayoz va Jo‘rabek Jangirov taklif etilgan.

🗓 Ular bilan 18- aprel kuni, soat 11:30 da universitetning Madaniyat saroyida she’riyat va ma’rifat haqida gurunglashamiz.

📍 TTJ da soat 19:00 da Gulxan atrofida suhbat quramiz.

✅ “Ma’rifat ulashib” loyihasiga faol qatnashing, shoirlarimizning she’rlarini yod oling, shunda siz adiblar dastxati tushirilgan kitoblarga ega bo‘lasiz.