TDSHUda maxsus davlat akkreditatsiyasi jarayoniga bag‘ishlangan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-yil 22-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida ta’lim dasturlarini Maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish jarayoniga bag‘ishlangan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda universitetning 60220300 – Tarix yo‘nalishini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan muhokamalar olib borildi. Tadbirda mahalliy hamda xorijiy ekspertlar, Prezident huzuridagi ta‘lim sifatini ta‘minlash Milliy agentligi xodimlari va universitet jamoasi vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida ta’lim sifati, o‘quv dasturlarining zamonaviy talablarga muvofiqligi, ilmiy-uslubiy faoliyat hamda xalqaro standartlarga moslik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ekspertlar tomonidan Tarix yo‘nalishini yanada takomillashtirish va xalqaro mezonlar asosida rivojlantirish yuzasidan takliflar va fikr-mulohazalar bildirildi.
