TDSHUda “Mehrli qo‘llar” loyihasi
![](https://tsuos.uz/wp-content/uploads/2021/12/2-10-1024x768.jpg)
2021-yil 3-dekabr kuni TDSHU Sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti Yoshlar ittifoqi faol talabalari, yetakchi Adham Minglarov boshchiligida Toshkent shahri, Yashnabod tumani XTB tasarrufidagi 30-sonli Mehribonlik uyiga tashrif buyurishdi.
Koreyshunoslik, Turkshunoslik fakultetlarining faollari ham ushbu “Mehrli qo‘llar” loyihasida faol qatnashishdi. Tadbirda bolalarga bayram sovg‘alari ulashildi.
TDSHU Matbuot xizmati