Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda “Madhiyam – mening faxrim” mavzusida tadbir

11.12.2021, 23:33 Yangiliklar 4147

2021-yil 10-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Turkshunoslik fakulteti, “G‘arb tillari” kafedrasi o‘qituvchilari “Madhiyam – mening faxrim” mavzusida tadbir o‘tkazdi.

Tadbirda universitet talablari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Ushbu musobaqa orqali talabalarning davlat ramzlari bo’yicha bilimlari tekshirildi. Tadbirning kirish qismi davlat ramzi bolmish madhiyani aytishdan boshlandi.

1

Musobaqa uch shart asosida o‘tkazildi. Birinchi shartda besh jamoaga bo‘lingan universitetning turli fakultet talabalari davlat ramzlari haqida taqdimot qilishdi. Ikkinchi shartda esa talabalarga mustaqil O‘zbekistonning davlat razmlari haqida turli savollar berildi va ularning bergan javoblari hakamlar tomonidan baholandi. Uchinchi shart esa erkin mavzuda bo‘lib, unda har bir jamoa talablari turli kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari orqali o‘z iste’dodlarini namoyish etishdi.

2

Musobaqa davomida har bir guruh ishtirokchilari hakamlar tomonidan baholab borildi va faol ishtiroklari uchun munosib taqdirlandilar.

TDSHU Matbuot xizmati