Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda “Notiqlik san’ati” tanlovi

10.03.2022, 11:38 E'lonlar 1371

TDSHUda “Notiqlik san’ati” tanlovi

TDSHU Koreyashunoslik fakulteti Koreys filologiyasi kafedrasi tomonidan O‘zbekiston hamda Koreya Respublikalari bilan o‘rnatilgan aloqalar hamda kafedraning 30-yillik tarixiy sanasiga bag‘ishlab, 2022-yil 10-mart kuni “O‘zbekiston-Koreya: bepoyon ilm sarhadlari” notiqlik tanlovi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tanlovda 1-2-bosqich quyidagi yo‘nalish talabalari ishtirok etishlari mumkin:

Filologiya va tillarni o‘qitish (sharq tillari bo‘yicha)
Tarix (Sharq mamlakatlari va mintaqalari bo‘yicha)
Siyosatshunoslik, Jurnalistika: xalqaro jurnalistika (sharq tillari bilan)
Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)

Tanlovda ishtirok etishni xohlovchi talabalar TDSHU Koreys filologiyasi kafedrasiga murojaat qilishlari mumkin.

Mas’ul shaxs: Yunusova Gulshoda
Tel: +998993909228

Tanlov shartlari batafsil ushbu havolada  keltirilgan.